Gagra
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Gagra (gruzincha: გაგრა) — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-yillar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avgustning oʻrtacha temperaturasi 23°), qishi yumshoq (yanvarning Urtacha temperaturasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Nafas yoʻllari, qon aylanish organlari, nerv sistemasi davolanadi. Sanatoriyalar, dam olish uylari, pansionatlar, turbaza bor. May oyidan oktyabrgacha dengizda chumilish mumkin. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (goʻsht kombinati, sut, vino, baliq zavodlari) va kurortga xizmat qiluvchi korxonalar bor.[1]
Gagra gruzincha: გაგრა | |
---|---|
Shahar | |
43°19′30″N 40°15′00″E / 43.32500°N 40.25000°E | |
Mamlakat | Gruziya |
Viloyat | Abxaziya |
Munisipalitet | Gagra munisipaliteti |
Aholisi (2020) |
11 959 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
|
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2011-02-08 sanasida arxivlangan)
- gagra.iatp.org.ge/index-eng.htm (Wayback Machine saytida 2004-08-30 sanasida arxivlangan)
- gagra.narod.ru