Gaiti, Aiti – Vest-Indiyayaati Katta Antil orollari guruhidagi orol. Shimolida Atlantika okeani, janubida Karib dengizi bilan chegaradosh. Kuba orolidan Shamolli boʻgʻoz, Puerto-Riko orolidan Mona boʻgʻozi orqali ajralib turadi. Maydoni yon atrofdagi mayda orollar bilan birga 77,2 ming km2. Aholisi 14,5 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari), asosan negr va mulatlar. Gaiti vulkanik va mezokaynozoyning choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Relyef shakllarida togʻ tizmalari tektonik botiklar bilan almashinib turadi. Iqlimi tropik passat iqlim. Tekisliklarda oʻrtacha oylik temperatura 23-29°, yon bagʻirlarda yillik yogʻin 2000 mm, ichki vodiylarda esa 1300 mm, kuzda tez-tez dovullar boʻlib turadi. Orolni gʻarbdan sharqqa toʻrtta togʻ tizmasi kesib oʻtgan. Markaziy Kordilyera togʻlaridagi Duarte choʻqqisi (3175 m) Vest-Indiyaning eng baland nuqtasidir. Aholi asosan tekisliklarda yashaydi. Qazilmalardan boksit, oltin bor. Gaitida zilzila boʻlib turadi. Shimoli-sharqi va janubda doim yashil tropik oʻrmonlar, togʻ orasidagi tekisliklarda savanna va kserofit oʻsimlikli siyrak oʻrmonlar bor. Orolni 1492-yilda X. Kolumb kashf etgan va uni Espanola deb atagan. Gaitida Gaiti va Dominikana Respublikasi joylashgan.

Gaiti (orol)
Geografiya
Maydoni 76 420[1] km2
Dengiz sathidan balandligi 3098 m.
Eng baland nuqtasi Pico Duarte
Ma'muriyat
Davlat Dominikana Respublikasi va Gaiti
Demografiya
Aholisi 22 261 005[2]
Qo'shimcha ma'lumot

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)