Gajak
Gajak — 1) ayollarning ikki chakkasidan tushib turgan soch tolalari, zulfi; 2) ayollarning ziynat buyumi; chakkaga taqiladigan juft taqinchoq. Asosiy shakli bodom kurinishida bulib, oxirgi qismi jingala kabi bukilgan; 2 ta ilgagi bulib, biri quloqqa, biri bosh kiyimiga yoki sochga mustahkamlanadi, shunda G. chakkada gorizontal joylashadi. Buyum yuzasi mayda feruza kuzlar halkasi bilan Uralgan yirik, rangli shisha kuzlar bilan bezatilgan; asosiga marjon va zigʻirakli shokilalar oʻrnatilgan, orqa tomonida qush pati Urnatishga muljallangan naychalari bor. Oltin, kumush va b.dan juft qilib yasaladi. Toshkent, Samarqandda tillaqosh bilan bir ansamblni tashkil kiladi. Buxoro, Samarqandda qushgajak, yarim oy, bodombargi xillari ham tarqalgan; 3) zulf, jingala koʻrinishidagi naqsh elementi; naqsh mujassamotida toʻldiruvchi vazifani oʻtaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |