Galetli batareya — elektr toki batareyalarining bir turi; yassi qatlamqatlam tuzilishli "quruq" galvanik elementlar — "galetlar"ni ketma-ket ulab yasaladi. Galetlardan foydalanish natijasida batareyalarning ish hajmidan samaraliroq foydalaniladi, koʻrsatkichlari yaxshilanadi. G. b.ning ulchamlari va e. yu. k. miqdori galetlarning soniga va oʻlchamlariga bogʻliq boʻladi. G. b.dan aloqa apparatlarida, geofizika asboblari va b.da mustaqil elektr energiyasi manbai hamda anod batareyasi sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil