Galliya — tarixiy viloyat. Po daryosi bilan Alp togʻlari oraligʻi (Sizalpin G.si) hamda Alp togʻlari, Oʻrta dengiz, Pirenei ya. o., Atlantika okeani oraligʻi (Transalp G.si)da joylashgan. Mil. av. 6-asrdan keltlar (rimliklar ularga gallar deb nom bergan) kelib oʻrnashgan. Mil. av. taxminan 220-yil Sizalpin G.si hududi Rimga tobe qilinib uning provinsiyasiga aylantirilgan. Mil. av. 58—51-yillarda Transalp G.si hududi Yuliy Sezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provinsiyasi (Narbonna G.si, Lugdun G.si, Akvitaniya va Belgika) ga boʻlingan. Mil. 5-asr boshidan G. hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va 5-asr oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil