Pavel Gan
(Gan Pavel Viktorovichdan yoʻnaltirildi)
Pavel Viktorovich Gan (1894-yil, 29-iyun, hozirgi Sebej shaxri, Rossiyaning Pskov viloyati – 1967-yil, 29-yanvar, Toshkent) – manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1928-yilda Oʻrta Osiyoda, Samarqandda, 1935-yildan Toshkentda yashagan. 1936-1957-yillarda Respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan. Asarlarida Oʻzbekistan, xususan Boʻstonliq manzaralari („Chirchiq vodiysida“, 1952; „Togʻ oqshomi“, „Oqshom“, 1956; „Chimyon etagida“, 1957) aks ettirilgan. Koʻplab etyudlari, portretlarida mehnat ahlini ulugʻlagan, manzaralarida insonni tabiatning ajralmas qismi sifatida aks ettirgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |