Gandhara sanʼati
Gandhara sanʼati - Qad. Gandhara viloyati sanʼati. Kushan podsholigi davri (1— 4-asrlar)da rivojlangan. Bihistun yozuvlarida Gadara nomi bilan tilga olingan. Gandhara qabilasi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlaridan Xitoy, Xindiston va Markaziy Osiyoga savdo yullari Gandhara orqali oʻtgan. Qad. hind badiiy anʼanalari zaminida shaklangan G.s.da yunonrim ellinistik sanʼati taʼsiri (naqshlarda, bezak uslubi, kiyimlar, baʼzan qiyofalar talqinida) kuzatiladi.
Budda dini sanʼati sifatida shakllangan G.s.ning uziga xos tomonlari haykaltaroshlik, burtma tasvir va diniy inshootlar (stupa va monastirlar; mas, Dharmaraj stupasi, Moxra-Morad monastiri va b.)da yorqin namoyon bulgan. Budda inson qiyofasida birinchi marta G.s.da tasvirlandi va shu yerda uning risoladagi qiyofasi yaratildi. Budda timsoli asta-sekin bir qolipga solingan va turli kurinishda ishlangan (yana qarang Budda sanʼati).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |