Ganglionevroma
Ganglionevroma (ganglioneuroma; lot. ganglion — nerv tuguni + nevroma), ganglioma — vegetativ va markaziy nerv sistemasi turli boʻlimlari gangliy hujayrasining xavfsiz oʻsmasi. Markaziy nerv sistemasida kam uchraydi. Oʻsmirlarda va balogʻatga yetganlarda, koʻpincha xotin-qizlarda uchraydi, sekin oʻsadi. Koʻks oraligining orqasida, qorin pardasining orqasidagi boʻshliqsa va buyrak usti bezida boʻladi. Baʼzan kattagina boʻlib, kapsulaga oʻralib turadi. Umurtqa pogʻonasi yaqinida boʻlganda umurtqa kanalining ichiga qarab oʻsib, orqa miyani ezib qoʻyadi. G. boshqa aʼzolarga tarqalmaydi, lekin koʻp boʻlishi mumkin. Oʻsma jarrohpik yoʻli bilan olib tashlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |