Gangxar Puensum (Dzong-ke: Kangkar Punsum Punsum, muqobil ravishda, Gangkar Punsum yoki Gankar Punzum nomlari bilan ataladi) Butandagi eng baland togʻ va dunyodagi eng baland zabt etilmagan togʻdir, balandligi 7,570 metr (24,836 ft) va oʻrganilgan balandligi 2,995 metr (9,826 ft) . Uning nomi Dzongxa tilida „Uch ruhiy birodarning oq choʻqqisi“ degan maʼnoni anglatadi.

Gangkhar Puensum

Gangxar Puensum choʻqqisi[1]
Joylashuvi Bhutan-China border
28°02′54″N 90°27′15″E / 28.04833°N 90.45417°E / 28.04833; 90.45417
Butanning toponimik xaritasi

Gangxar Puensum Butan va Tibet oʻrtasidagi chegarada, Xitoy hududida joylashgan[2]. 1983-yilda Butan alpinizm uchun ochiq deb eʼlon qilingandan soʻng, 1985 va 1986-yillarda toʻrtta ekspeditsiya amalga oshirilgan. 1999-yilda yapon ekspeditsiyasi balandligi 7,535 metr (24,721 ft) boʻlgan Liankang Kangri choʻqqisiga muvaffaqiyatli koʻtarildi. Mazkur choʻqqi asosiy choʻqqidan 2 kilometr (1.2 mi) uzoqlikda joylashgan va shimoliy-gʻarbiy tizmadagi ajratilgan yordamchi choʻqqi (mustaqil togʻ emas) hisoblanadi.

2003-yildan boshlab Butanda alpinizm taqiqlangan[3].

Tarixi

tahrir
 
Gophu La dovonidan togʻning koʻrinishi

Gangxar Puensum balandligi birinchi marta 1922-yilda oʻlchangan, ammo soʻnggi yillargacha mintaqaning xaritalarida togʻ balandligi umuman aniq emas edi shuningdek, togʻ turli xaritalarda va sezilarli darajada farqli balandliklar bilan koʻrsatilgan. Darhaqiqat, xaritadagi notoʻgʻri belgilash tufayli choʻqqiga chiqishga uringan birinchi jamoa togʻni umuman topa olmagan.

1986-yil Britaniya ekspeditsiyasi kitobida togʻning balandligi 7,550 metr (24,770 ft) ekanligi va Gangxar Puensum butunlay Butan ichida, yaqin atrofdagi Kula Kangri esa Tibet tizmasi tarkidibida ekanligini taʼkidlaydi[4]. Kula Kangri, 7554 metr balandlikdagi alohida togʻ boʻlib, Gangxar Puensumdan 30km shimoli-sharqda joylashgan, u birinchi marta 1986-yilda zabt etilgan[1]. Kula Kangri togʻ choʻqqisi turli xil xaritalarda tasvirlangan va odatda Tibet yoki Butanda ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.

1994-yildan beri Butanda 6000 metrdan baland togʻlarga chiqish mahalliy maʼnaviy eʼtiqodlarni hurmat qilish maqsadida taqiqlangan[5], 2003-yildan boshlab esa hududda alpinizm butunlay man qilindi[3][6].

1998-yilda yapon ekspeditsiyasi Xitoy alpinizm assotsiatsiyasidan toqqa chiqishga ruxsat oldi, ammo Butan bilan siyosiy muammo tufayli ruxsat qaytarib olindi. Buning oʻrniga, 1999-yilda jamoa Tibetdan joʻnab ketdi va 7535 metrli Liankang Kangri choʻqqisini (Shimoliy Gangxar Puensum nomi bilan ham tanilgan) muvaffaqiyatli zabt etdi[7].

Aksariyat xaritalardan farqli oʻlaroq, ekspeditsiya hisobotida ushbu choʻqqi Tibetda ekanligi koʻrsatilgan va Xitoy-Butan chegarasi „Butandagi eng baland choʻqqi“ deya taʼriflangan Gangxar Puensum choʻqqisini kesib oʻtib, 7570 metr balandlikka koʻtarilishi tasvirlangan[8].

Taqiq tez orada olib tashlanishi dargumon, Gangkhar Puensum zabt etilmagan choʻqqilardan biri boʻlib qolishi mumkin[9].

Gallereya

tahrir
Gangxar Puensum choʻqqisi

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „High Asia II: Himalaya of Nepal, Bhutan, Sikkim and adjoining region of Tibet“. Peaklist.org. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  2. Cooper, Robert. Bhutan. Cavendish Square Publishing, 2020 — 13-bet. ISBN 9781502655769. 
  3. 3,0 3,1 Mason, Colin „Nepal and Bhutan“, . A Short History of Asia. Macmillan International Higher Education, 2014. ISBN 9781137340634. 
  4. Berry, Steven K.. The Thunder Dragon Kingdom : A Mountaineering Expedition To Bhutan. Wiltshire: Crowood Press, 1988. ISBN 0-938567-07-1. 
  5. Verschuuren, Bas „Nye within protected areas of Bhutan“, . Asian Sacred Natural Sites: Philosophy and practice in protected areas and conservation. Routledge, 2016. 
  6. Itami, Tsuguyasu (October 2001). "Gankarpunzum & First Ascent Of Liankang Kangri Mountain In Dispute On China-Bhutan Border". Japanese Alpine News 1. http://www.jac.or.jp/english/jan/vol1/GANKARPUNZUM.pdf. Qaraldi: 18 September 2014. Gangxar Puensum]]
  7. Climbs and Expeditions, 2000 — 391-bet. 
  8. Berry, S.K. (1988). "Kingdom Of The Thunder Drago". Himalayan Journal 44. https://www.himalayanclub.org/hj/44/7/kingdom-of-the-thunder-dragon/. Qaraldi: 18 September 2014. Gangxar Puensum]]
  9. Ping. „Bhutan banned mountaineering out of respect for the local spiritual beliefs“. dailybhutan.com (2021-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.

Havolalar

tahrir

Andoza:Highest points of Asia