Ganja xalqaro aeroporti
Ganja xalqaro aeroporti (ozarbayjoncha: Gəncə Beynəlxalq Hava Limanı) (IATA: GNJ, ICAO: UBBG) – Ozarbayjonning ikkinchi yirik shahri boʻlgan Ganjaga xizmat koʻrsatadigan aeroport.
Ganja xalqaro aeroporti Gəncə Beynəlxalq Hava Limanı | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: GNJ – ICAO kodi: UBBG | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik / Harbiy[manba kerak] | ||
Egasi | Ozarbayjon hukumati | ||
Operator | Hukumat | ||
Xizmat doirasi | Ganja | ||
Joylashuvi | Ganja | ||
Dengiz sathidan balandligi | 1,083 ft / 330 m | ||
Koordinatalari | 40°44′16″N 046°19′03″E / 40.73778°N 46.31750°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
12/30 | 3,300 | 10,827 | Asfalt/Beton |
Maʻlumotlar (2014) | |||
Yoʻlovchilar soni | 329,156 | ||
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 13–14 | ▼4,6% | ||
Parvozlar soni | 3,060 | ||
Parvozlar sonining oʻzgarishi 13–14 | 0,3% | ||
Manba: ACI 2014 jahon aeroportlar oqimi hisoboti |
Ilgari Sovet havo kuchlari tomonidan foydalanilgan[manba kerak]. 1996-yilda xalqaro aeroport maqomini oldi va shundan beri fuqaro aviatsiyasi maqsadlarida foydalanilmoqda[1].
2021-yil avgust oyida IATA shaharning yangi nomini aks ettiruvchi yangi „GNJ“ kodini eʼlon qildi. Eski „KVD“ kodi eski Kirovobod toponimiga tegishli edi[2].
2020-yilgi Togʻli Qorabogʻ urushi
tahrir2020-yilgi Togʻli Qorabogʻ urushi paytida oʻzini Artsax Respublikasi deb eʼlon qilgan mamlakat prezidenti Arayik Arutyunyan 2020-yil 4-oktyabr kuni Artsax mudofaa armiyasi Ganja harbiy aeroportiga zarba berganini aytdi, biroq Ozarbayjon hech qanday harbiy obyektlarga zarba berilmaganini bildirdi[3]. Rossiyaning „TV Rain“ telekanali muxbirlari aeroportga hech qanday zarba berilmagani va aeroport koronavirus sababli mart oyidan beri yopilganini xabar qildi. Raketalar shahardagi turar-joy binolariga tegib, 1 kishi halok boʻldi, 32 kishi yaralandi[4].
29-sentyabr kuni Armaniston Mudofaa vazirligi Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 Viper samolyoti Armaniston havo hududida uchayotgan Su-25 arman samolyotini urib tushirgani va uchuvchi halok boʻlganini, shuningdek, F-16 turk samolyotlari avvalroq Ganja aeroportidan havoga koʻtarilganini va Ozarbayjon kuchlariga Armanistonning Gegarkunik viloyatidagi Vardenis shahri yaqinidagi chegara hududlariga raketa zarbalari berishda yordam berganini maʼlum qildi[5][6]. Armanlarning daʼvosiga javoban, Ozarbayjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev „Ozarbayjonda F-16 samolyotlari yoʻq – bizning tuprogʻimizda ham, havo hududimizda ham yoʻq“, dedi. U oʻz navbatida yuqorida tilga olingan Su-25 hamda yana bir Armaniston Su-25 samolyoti Ozarbayjon tomon parvoz qilayotganda havoda qulaganini daʼvo qildi[7].
Bir hafta oʻtib, 7-oktyabr kuni Nyu-York Timesning vizual tekshiruvlar guruhi tomonidan sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar eʼlon qilindi, ular aeroportda ikkita F-16 Viper borligini tasdiqladi[8]. Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar eʼlon qilinganidan soʻng, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev F-16 samolyotlari borligi va ular mamlakatga urushdan oldin harbiy mashgʻulotlar paytida kelgani haqidagi rasmiy pozitsiyasini tan oldi, ammo ular janglarda qatnashmayotganini daʼvo qildi[9][10].
Infratuzilmasi
tahrirAeroportdan oʻrtacha dengiz sathidan 1,083 fut (330 m) balandlikda joylashgan. U 12/30 deb belgilangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega, asfalt /beton yuzasi 3,300 by 44 metr (10,827 ft × 144 ft).
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirStatistika
tahrirYoʻlovchilar soni | Oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarishi, %da | Parvozlar soni | Oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarishi, %da | Yuk tashish (metr tonna) |
Oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarishi, %da | |
---|---|---|---|---|---|---|
2012 yil | 259 451 | — | 2814 | — | 917 | — |
2013 yil | 345 055 | 32,99% | 3052 | 8,46% | 883 | 3,71% |
2014 yil | 329,156 | 4,61% | 3060 | 0,26% | 721 | 18,35% |
Manba: Xalqaro aeroportlar kengashi. Jahon aeroportlari harakati hisoboti (2012[12], 2013[13] va 2014-yillar) |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Gəncə Hava Limanı“. 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Ganja Airport In Azerbaijan Secures New IATA Code - Travel Radar“ (en-US). Travel Radar - Aviation News (2021-yil 20-avgust). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
- ↑ „Nagorno-Karabakh conflict: Major cities hit as heavy fighting continues“. BBC News (2020-yil 4-oktyabr).
- ↑ Telekanal Dojd. Karabax zayavil ob unichtojenii aeroporta Gyandji. Direktor aeroporta eto otritsaet
- ↑ „Armenian SU-25 jet shot down by Turkish F-16 fighter“ (en-US). Public Radio of Armenia. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Turkey's F-16 fighter downs Armenia's Su-25 from Azerbaijani territory — Yerevan“. TASS. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ Tavberidze. „Exclusive interview: Azerbaijan's view of the Armenian conflict | The Spectator“ (en-GB). www.spectator.co.uk (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ Trevithick, Joseph. „Satellite Images Confirm Turkish F-16 Fighters Secretly Deployed To Azerbaijan“. The War Zone (2020-yil 7-oktyabr).
- ↑ „Ilham Aliyev explains arrival of Turkish F-16s in Azerbaijan“ (2020-yil 9-oktyabr).
- ↑ Kramer, Andrew E.. „Armenia and Azerbaijan: What Sparked War and Will Peace Prevail?“ (en-US). The New York Times (2021-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ „İstanbul-Gence seferlerimiz satışa açılmıştır“ (tr-TR). Pegasus Airlines (2022-yil 14-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
- ↑ Airport Council International's 2012 World Airport Traffic Report
- ↑ Airport Council International's 2013 World Airport Traffic Report