Gansu
Gansu — Xitoyning shimoligʻarbidagi provinsiya. Maydon 366,5 ming km2. Aholisi 22,4 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Lanchjou. Relyefi, asosan, togʻlik. Iqlimi kontinental. Yillik yogin 150–400 mm, janubisharqida 600 mm gacha. Aksari qismi togʻ dashti va togʻ chuli landshaftlaridan iborat. Gansu asosan dehqrnchilik rayoni. Xuanxe daryosining yuqori oqimida sugʻorib ekiladigan dehqonchilik qadimdan rivojlangan. Gansu maydonining 11% ekinzor.
Bugʻdoy, tariq, gaolyan, makkajoʻxori, arpa, qand lavlagi, tamaki, paxta ekiladi. Chorvachilik rivojlangan (qoʻy, qoramol, qoʻtos, tuya, yilqi boqiladi). Yuymin atroflarida neft chiqariladi va qayta ishlanadi. Ozroq tosh-koʻmir, mis va temir rudalari qazib chiqariladi. Kimyo va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Gansu hududi mil. av. 3—2-asrlarda xitoyliklar tomonidan egallangan. Gansu provinsiya sifatida 13-asrda Sinʼyuan, Linchjao va Fin viloyatlarining birlashuvidan vujudga kelgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |