Gaploguruh – umumiy ajdodga ega boʻlgan oʻxshash gaplotiplar guruhi, barcha avlodlar tomonidan meros qilib olingan mutatsiyaga ega boʻlib, odam populyatsiyasi genetikasida, insoniyatning genetik tarixini oʻrganuvchi fan hisoblanadi Y xromosomasining rekombinatsiyalanmaydigan hududlarida joylashgan allellar qatori boʻlgan oʻxshash gaplotiplarning katta guruhidir. Halpoguruhlar Y-xromosomali (Y-DNK) va mitoxondrial (mt-DNK) ga boʻlinadi. Y-DNK toʻgʻridan-toʻgʻri otalik chizigʻi, yaʼni oʻgʻil, ota, bobo va boshqalar, mtDNK esa toʻgʻridan-toʻgʻri ona chizigʻi, yaʼni qizi, onasi, buvisi, buvisi va boshqalar. „Gaplogrup“ atamasi genetik DNK genealogiyasida keng qoʻllanadi.

„Gaploguruh“ atamasi aholi genetikasi va genetik genealogiyada keng qoʻllanadi. Genetika va genealogiya Y-xromosoma (Y-DNK), mitoxondrial DNK (mtDNK) gaploguruhlarini oʻrganish orqali insoniyatning genetik tarixini oʻrganuvchi fan. Y-DNKning genetik belgilari Y-xromosoma bilan faqat otalik liniyasi (yaʼni, otadan oʻgʻillarga) va mtDNK belgilari onalik liniyasi orqali (onadan barcha bolalarga) uzatiladi. Shunday qilib, erkaklar Y-DNK va mtDNK belgilarining tashuvchisi, ayollar esa faqat mtDNKni olib yuradilar. Avtosomal belgilar uchun gaplotiplar erkaklarda ham, ayollarda ham mavjud.

Y-DNK gaploguruhlari

tahrir

2002-yilda Y xromosomalari konsorsiumi Y xromosoma chiziqlari uchun umumiy tasnif va nomenklaturani ishlab chiqdi. A dan R gacha lotin harflari bilan belgilangan 18 ta asosiy mutatsion klasterlar (kladlar) aniqlangan. Harflarning tartibi mutatsiyalar sodir boʻladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Bu guruhlar, oʻz navbatida, raqamlar va harflar bilan raqamlangan gaploguruhlarga aylanadi.

2002-yilgacha gaploguruh raqamlariga koʻra soddaroq belgilar ishlatilgan: HG1, HG2 va boshqalar. Jadval ilmiy maqolalarda qoʻllanadigan koʻhna belgilarni zamonaviy nomenklaturaga tarjima qilish imkonini beradi.

Oʻzbeklardagi Y-DNK gaploguruhlari

tahrir

Markaziy Osiyo aholisi Y-xromosoma boʻyicha katta xilma-xillikka ega. Mintaqa xalqlarining genofondini shakllantirgan koʻplab populyatsion-demografik voqealar bu mintaqaning etnik populyatsiyalarida Yevroosiyoning ham gʻarbiy ham sharqiy belgilarini koʻrsatadi. Xususan, mazkur mintaqa davlatchiligining tarixi minglab yillarni oʻz ichiga oladi. Ularga Ahamoniylar hukmdorligi davri (Eron), Iskandar Maqduniy istilosidan keyin Soʻgʻdiyonada boshlangan ellinizm davri, Kushon davlati, Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi, Arab istilosi, Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar davlati, moʻgʻul istilosi, Temuriylar davlati, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi misol boʻladi. Shuningdek, mazkur mintaqaning Buyuk ipak yoʻlida joylashgani xalqlarning genofondiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

Markaziy Osiyo mintaqasi hind-yevropa va Shimoliy va Sharqiy Osiyo gaploguruhlarining tarqalishi bilan belgilangan.

Qozogʻiston va Qirgʻiziston tub aholisining genofondida C va O Shimoliy va Sharqiy Osiyo gaploguruhlari koʻproq uchrashi aniqlangan. Shu bilan birga, bir qancha belgilariga koʻra, qirgʻizlar Janubiy Sibir (oltoy va tuva) xalqlariga yaqin turadi. Bu esa ularning oltoy-sayanlardan kelib chiqqani toʻgʻrisidagi nazariyani tasdiqlaydi.

Tojik va oʻzbek erkak jinsidagi shaxslar genetik pasportining oʻziga xos jihati ularda hind-eron genofondi tarkibiy qismi boʻlmish L-gaploguruhining mavjudligi hisoblanadi.

Oʻzbeklar genofondida Sharqiy Yevropa xalqlarida dominant hisoblangan R1a1 25 foizdan ziyodni tashkil etadi.[1]

Genetik tadqiqotlar

tahrir

Tadqiqot natijasida oʻzbek erkak jinsidagi aholi oʻrtasida 16 xil gaploguruh mavjudligi (C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, N, O, P, Q, R, T) aniqlandi.

Hamma viloyatlarida R (hind-yevropa) va C (Shimoliy va Sharqiy Osiyo) gaploguruhlarining ustunlik qilishi, yaʼni koʻp uchrashi aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida Yaqin Sharq mintaqasidan kelib chiqishga ega boʻlgan J (arab-semit) gaploguruhining mavjudligi ham kuzatildi.

Amerikalik genetik va antropolog olim Spencer Wells 2001-yilda Oʻzbekistonning hamma viloyatlaridan oʻzbek millatiga mansub 366 ta erkakdan DNK namunalarini olib, tadqiqot oʻtkazgan. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, 25.1% erkaklar R1a1 gaploguruhiga mansub. Mazkur gaploguruh asosan, pushtunlarda 44.8%, tojiklarda 44.7%, Xurosonlik forslarda 22%, uygʻurlarda, 21.6%, Eronlik kurdlarda 20.3%, qoraqalpoqlarda 18.2%, turklarda 11.9%, ozarbayjon va turkmanlarda 7% aniqlangan.

Ikkinchi oʻrindagi eng katta ulush J gaploguruhiga oid boʻlib, u 366 ta erkakdan 13.4%ida aniqlangan. Mazkur gaploguruh, asosan, Yamanlik arablarda 82.3%, Iroqlik arablarda 57.4%, Suriyalik arablarda 55.7%, B. A.A.lik arablarda 45.1%, gruzinlarda 36.4%, turklarda 33.3%, eroniylarda 31.4%, ozarbayjonlarda 31%, Misrlik arablarda 27.6, armanlarda 24%, tojiklarda 18.4, turkmanlarda 17%, uygʻurlarda 15.7%ni tashkil etadi.

Umumiy viloyatlararo natijalar esa quyidagicha:

R1a1 – 25.1%, R1b1 – 9.8%, J – 13.4%, C – 11.5%, I – 2.2%, K – 6.8%, N – 1.4%, O2 – 4.1%, P – 5.5%, R2 – 2.2%, F – 7.9%, L – 3%, E – 2%, D – 2%.[2]

mtDNK gaploguruhlari

tahrir

Koʻp hujayrali organizmlarda mitoxondriyal DNK ona tomonidan meros boʻlib oʻtadi.

Inson mtDNK gaploguruhlari mazkur harflar bilan belgilanadi: A, B, C, CZ, D, E, F, G, H, HV, I, J, pre-JT, JT, K, L0, L1, L2, L3, L4, L5, L6, M, N, P, Q, R, R0, S, T, U, V, W, X, Y va Z. mtDNK daraxtining eng zamonaviy versiyasi Mannis van Oven tomonidan saqlanmoqda.[3]

Foydalanilgan adabiyotlar

tahrir
  1. Wells, Spencer et al. 2001, The Eurasian Heartland: A continental perspective on Y-chromosome diversity. 
  2. [https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC56946/pdf/pq010244.pdf „The Eurasian Heartland: A continental perspective on Y-chromosome diversity“].
  3. [PhyloTree.org". „PhyloTree.org".“].