Gaploid (yunoncha: haploos — yakka, oddiy va eidos — tur) — boshlangʻich tur somatik xromosomalari toʻplamining faqat yarmigagina ega boʻlgan individ. Boshlangʻich tur asosiy xromosomalar toʻplamini (p) oʻzida tuliq saqlovchi G. eugaploid deyiladi. Aneugaploid (geterogaploid) — xromosomalar toʻplamida butun bir xromosoma yoki uning segmenti ortiq yoki kam boʻlgan G.dir. Diploid turlardan kelib chiqqan monogaploidlar va poliploid turlardan kelib chiqqanpoligaploidlar farqlanadi (qarang Poliploidiya). Bir necha bir xil genomlarni oʻz ichiga oluvchi poligaploidlar — avtopoligaploidlar, har xil genom xromosomalar toʻplamini oʻzida saqlovchilar esa — allopoligaploidlar deyiladi.

Haroratning taʼsiri, yot changlar, nurlantirilgan changlar va ularning turli xildagi aralashmasi bilan changlanish gaploidiyaga sabab boʻladi. G.li oʻsimliklarning organ va hujayralarining oʻlchami diploidlarnikiga qaraganda kichik boʻladi. G.larni diploidlash bilan yuqori pushtlilikka ega boʻlgan gomozigotali liniyalar yaratiladi. G. gulli oʻsimliklarda keng tarqalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil