Garaj (frans. qarer — yopma ostiga joylashtirish) — avtomobillar saqlanadigan va taʼmirlanadigan, ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan bino yoki bino va inshootlar majmui. Yer ostida, yer ustida bir qavatli va koʻp qavatli qilib quriladi. Boksli va manej zalli xillari boʻladi. Boksli Garajda avtomobillar turadigan joy bir-biridan sim toʻr bilan ajratiladi, manej zalli Garajda birbiridan ajratilmaydi. Koʻp qavatli Garaj yigʻma temir-beton va oynadan quriladi. G.da avtomobillar yuqori qavatlarga toʻgʻri yoki aylanma kiya yoʻl (ramp)lardan yurib chiqadi yoki lift yordamida koʻtariladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil