Gardun (fors. — falak,osmon, aylana, taqdir), gardoniya — 1) Oʻn ikki maqom turkumida 6 ovozadan birining nomi. Shu boisdan ovozalarning tarkibiy qismi murakkabotlarga nisbatan Garduniyaiy Buslik, Garduniyaiy Nigor nomlari qoʻllangan; 2) Shashmaqom tarkibidagi doyra usuli va shu usul joʻrnavozligida ijro etiladigan takroriy (aylanma) kuylar. G.lar Irokdan boshqa barcha maqomlarning cholgʻu qismidan oʻrin olgan va har bir maqom nomi bilan birga atalgan: G.i Buzruk, G.i Rost va hokazo G.lar jozibali hamda yoqimli musiqa asarlaridir. Ularga xos koʻtarinki ruxdagi kuy tinglovchiga quvnoq, tantanavor kayfiyat bagʻishlaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil