Gary Cahill
Gary James Cahill (talaffuzi: Gari Jeyms Keyxill; 1985-yil 19-dekabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gary James Cahill[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-dekabr 1985-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Dronfield, Angliya | ||
Boʻyi | 6 fut 4 inches (1.93 m)[3] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2000 | AFC Dronfield | ||
2000—2004 | Aston Villa |
Xalqaro faoliyati
tahrir2004—2005-yillarda Gary Cahill 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan[4]. 2007-yil boshida Angliyaning yangi yoshlar murabbiyi Stuart Pearce Cahillni oʻz jamoasiga taklif qilgan. Gary Cahillning Stuart Pearce qoʻl ostidagi birinchi oʻyini 2007-yil 6-fevralda ispanlarga qarshi oʻtkazilgan. Gary Cahill bu uchrashuvni zaxirada oʻtkazgan, maydonga tushmagan [5]. Uning yoshlar jamoasidagi debyuti 2007-yil 24-martda yangilangan „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan, u yerda ingliz jamoasi italiyaliklar bilan durang oʻynagan. Cahill oʻyinni boshlab bergan va butun oʻyin davomida maydonda boʻlib, markaziy himoyada Anton Ferdinand bilan birga oʻynagan[6]. 2007-yilning may oyida Gary Cahill yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan[7]. Chempionatdan oldin Gary Cahill Slovakiya yoshlar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va turnirning oʻzida u faqat bir marta Chexiya terma jamoasi bilan guruh bosqichida oʻynagan. Hammasi boʻlib Gary Cahill Angliya yoshlar terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan[4].
2010-yil 3-sentyabrda Gary Cahill nihoyat Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. Bolgariya bilan 2012-yilgi Yevropa chempionati saralashida u jarohat olgan Michael Dawson oʻrniga maydonga tushgan. 2002-yil fevralida Michael Barrington Rickettsdan keyin „Bolton Wonderers“ futbol klubining Angliya terma jamoasidagi vakiliga aylangan[8]. 2011-yilning 29-martida Ganaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gary Cahill ilk bor inglizlar jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushgan[9]. 2011-yilning 2-sentyabrida Bolgariyaga qarshi javob o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan[10]. 2012-yilning may oyida Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Roy Hodgson Gary Cahillni 2012-yilgi Yevropa chempionati tarkibga kiritgan. Biroq 2-iyun kuni Belgiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Gary Cahill darvozabon harles Joseph John Hart bilan toʻqnashuvda jagʻini shikastlagan. Ushbu jarohat tufayli u chempionatni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan[11].
Statistikasi
tahrirJamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Aston Villa F. C. | Angliya | 2004—2008 | 31 | 1 |
Burnley F. C. (ijara) | Angliya | 2004—2005 | 32 | 1 |
Sheffield United F. C. (ijara) | Angliya | 2007 | 16 | 2 |
Bolton Wanderers F. C. | Angliya | 2008—2012 | 147 | 15 |
Chelsea F. C. | Angliya | 2012—2019 | 288 | 25 |
Crystal Palace F. C. | Angliya | 2019—2021 | 47 | 1 |
A. F. C. Bournemouth | Angliya | 2021—2022 | 22 | 0 |
Umumiy faoliyatida | 583 | 45 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 71-bet. ISBN 978-1-84596-601-0.
- ↑ „Gary Cahill“. Chelsea F.C.. 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 4,0 4,1 „Gary Cahill“ (en). The Football Association. 2014-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ „England U21 2-2 Spain U21“ (en). BBC (2007-yil 6-fevral). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ „England U21s draw Wembley cracker“ (en). BBC (2007-yil 24-mart). 2007-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Pearce names squad“ (en). The Football Association (2007-yil 30-may). 2008-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ „England and Spurs' Michael Dawson set for long lay-off“ (en). BBC (2010-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ Nakrani, Sachin. „England v Ghana: Winners and losers“ (en). The Guardian (2011-yil 29-mart). 2017-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ Draper, Rob. „Cahill's whirlwind: Gary puts country first after missing out on dream transfer“ (en). Daily Mail (2011-yil 3-sentyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ „England lose defender Cahill to broken jaw“ (en). UEFA (2012-yil 3-iyun). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.