Gastroenterologiya (gastro…, entero… va …logiya) – ichki kasalliklarni oʻrganadigan fanning bir boʻlimi; hazm aʼzolarining tuzilishi va funksiyalarini, shu aʼzolarda uchraydigan noinfeksion kasallik sabablari va rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi hamda ularni aniklash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

Soʻnggi yillarda radioizotop, radiotelemetrik, ultratovush diagnostika (U 11), laparoskopiya, fibrogastroskopiya, fibroduodenoskopiya, meʼda-ichak yoʻlining turli qismlaridan olinadigan aspiratsion biopsiya, jigar va meʼda osti bezini punksiya qilib biopsiya olish hamda kompyuter tomografiya usullari joriy qilindi, meʼda-ichak yoʻli kasalliklarining tajriba modeli ishlab chiqildi; meʼdaning giper va anatsid holati hamda ichakning tajriba patologiyasida mikrob (mas, Helicobacter pylori) bilan meʼda-ichakning ayrim hujayralari oʻrtasidagi bogʻlanish oʻrganildi. Toʻqimalarning hayot vaqtida tuzilishini oʻrganish, ulardagi biologik faol moddalar va fermentlar miqdorini aniklash klinik amaliyotga joriy qilinganligi tufayli hazm aʼzolarining kasalliklarini oʻrganish va ularning oldini olish imkoniyatiga ega boʻlindi. Oʻzbekistondagi barcha tibbiyot ilmiy tadqiqot institutlari, shuningdek Toshkent davlat tibbiyot institutlari, respublika gastroenterologiya va diyetologiya ilmiy markazlari Gastroenterologiya muammolari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil