Gastrula
Gastrula — koʻp hujayrali hayvonlarning gastrulyatsiya davridagi murtagi. Birinchi marta rus biologi A. O. Kovalevskiy (1865) taʼriflab bergan, G. tushunchasini fanga iyemis biologi E. Gekkel kiritgan (1874). Odatda, erta, oʻrta va soʻnggi G. davrlari boʻladi. Soʻnggi G. davrida embrion ikki — tashki (birlamchi ektoderma) va ichki (birlamchi entoderma) qavatdan tashkil topali. Deyarli barcha koʻp hujayralilarda (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqpilardan tashqari) uchinchi qavat (mezoderma) ham hosil boʻladi. Birlamchi ogʻizlilarda uchinchi qavat teloblastlardan vujudga keladi. Ikkilamchi ogʻizlilarda esa mezoderma materiali birlamchi ekto va endoderma tarkibiga kirib va ulardan gastrulyatsiya davrida ajralib chiqa boshlaydi. Ikki qavatli embrion — G.ning kashf etilishi hayvonot dunyosi taraqqiyotining umumiyligini isbot etishda katta ahamiyatga ega boʻldi (qarang Gastreya nazariyasi).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |