Gavayi antitsikloni
Gavayi antitsikloni - atmosferaning doimiy taʼsir markazi. Tinch okeanning shim. qismidagi subtropik va tropik kengliklardagi subtropik antitsiklon. Baʼzi sinoptik jarayonlarda ikkita, gohida uchta alohida G.a. kuzatiladi. Markazi Gavayi o.laridan shimolroqda; tarmogʻi Osiyo sohillari tomon uzoqqa choʻzilgan. G.a. markazida havo bosimi yanvar da 1022 gPa dan, iyulda 1026 gPa dan yuqori boʻladi. G.a. koʻrsatilgan hududlarda keng va shiddatli, iliq va kamharakatchan antitsiklonlarning ustivor mavjudligi natijasida vujudga keladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |