Gay-Lussac qonunlari - 1) gazlarning issiqlikdan kengayish qonuni: asosiy gaz qonunlaridan biri; unga koʻra oʻzgarmas bosimda gaz massasining hajmi temperatura oʻzgarishi bilan chiziqli oʻzgara bo-radi: V=V/l+a.J); bu yerda: Vo va V, gazning boshlangʻich va oxirgi temperaturalardagi hajmlari, / — shu temperaturalar farqi, av — oʻzgarmas bosimda gaz hajmining kengayish koeffitsiyenti, barcha gazlar uchun 1/273,15 K-’ga teng . Gay-Lussac qonunlari ideal gazlar uchungina toʻgʻri. 1802 yilda Joseph Louis Gay-Lussac aniqlagan; 2) hajmiy nisbatlar qonuni: temperatura va bosim bir xil boʻlganda kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmi bir-biriga nisbatan ham va bu reaksiyada hosil boʻlgan gazsimon moddaning hajmiga nisbatan ham oddiy nisbatda boʻladi (mas, 1 hajm vodorod 1 hajm xlor bilan birikadi; ayni vaqtda 2 hajm vodorod xlorid hosil boʻladi: N2+S12=2NS1. Bu yerda gazlar hajmining nisbati 1:1:2 ga teng). Faqdt ideal gazlar uchungina toʻgʻri. Joseph Louis Gay-Lussac 1808 yilda aniqlagan. Bu qonun Avogadro konunityug ochilishida katta rol oʻynagan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil