Gaz dinamikasi
Gaz dinamikasi - gidroaeromexanikaning siqiluvchan tutash muhitlar (gaz va suyuqliklar) harakatini va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirlashuvini oʻrganish bilan shugullanadigan boʻlimi. Termodinamika, akustika, dinamik meteorologiya bilan uzviy bogʻliq. Asosiy vazifalari: gaz (havo)da harakatlanayotgan jismlar (sa-molyotlar, raketalar, snaryadlar va b.)ga taʼsir qiladigan kuchlarni aniqlash hamda shu jismlarning eng qulay shakl-larini yaratish; reaktiv dvigatellar, aerodinamik quvurlar va b.ning eng muhim qismlari — soplo va diffuzorlar hamda boshqa kanallarning qulay shakllarini topish; portlash, detonatsiya va b. hollarda paydo boʻladigan toʻlqinlarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash va hokazo. Hoz. zamon G.d.da yuqori temperaturalarda gazning oqib chiqishida sodir boʻladigan hodisalar, maye, kimyoviy reaksiyalar (dissotsiatsiya, yonish va b. kimyoviy reaksiyalar) hamda fizikaviy jarayonlar (ionlanishlar, nurlanishlar) ham tekshiriladi. Gazning siqilishi (kichik tezlikda) dinamik meteorologiyada tadqiq qilinadi, elektr va magnit maydonlar mavjudligida elektr oʻtkazuvchan gazlarning harakati magnitik gaz dinamikasida oʻrganiladi. Gazni tutash muhit deb qarab boʻlmaydigan, gaz molekulalarining oʻzaro taʼsirini hamda qattiq jism bilan taʼsirini oʻrganish lozim boʻlgan hollarda siyraklangan gazning molekulyar-kinetik nazariyasiga asoslangan siyraklangan gaz dinamikasi qonuniyatlari bilan ish koʻriladi. G.d. siqiladigan gaz oqimlari nazariyasini, zarbiy toʻlqinlar naza-riyasini, issiqlik almashinuvi (konvektiv va nurli) nazariyasini ham oʻz ichiga oladi. G.d.ning bosh qonunlari mexanika va termodinamika qonunlarining harakatlanayotgan gaz muhitiga tatbiqi asosida yuzaga kelgan.
D. Bernulli, nemis olimi B. Riman, ingliz olimi U. Rankin, fransuz olimi A. Gyuygono, rus olimlari S. A. Chapligin. M. V. Keldish, A. A. Fridman va b. G.d. taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. Har xil gaz apparatlari, gaz mashinalari va dvigatellari i.ch.da G. d. masalalarini hal qilishning ahami-yati katta. G. d. qonunlari ballistik qurilmalar, kompressor, turbinalar, reaktiv dvigatellar, gaz quvurlari va b.ni hisoblashga tatbiq qilinadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |