Gazlar kinetik nazariyasi
Gazlar kinetik nazariyasi -gazlarning asosiy fizik xossalari, ayniqsa, siyraklashtirilgan gaz xossalari haqidagi nazariya; unga koʻra gazlar uzluksiz (tartibsiz) issiqpik harakatida boʻlgan, bir-biriga taʼsir qilmaydigan zarralar (molekulalar yoki atomlar) toʻplamidan iborat. Yetarlicha siyraklashtirilgan gazlarda molekulalar oraligʻi molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi radiusidan katta. Maye, 1 sm3 gazda 10" molekula boʻlsa, ularning oraligʻi 10-’ sm yoki 100 A, oʻzaro taʼsir kuchining radius i bundan 10—20 baravar kichik. Ideal gazlarning molekulalari bir-biri bilan taʼsirlashmaydi, ular hamma yoʻnalishda bir xil tezlik bilan harakatlanadi. Gazlar kinetik nazariyasiga asosan gaz hajmining hamma jo-yida temperatura va bosim bir xil (issiqlik muvozanati), molekulalar tartibsiz harakatlanadi, temperatura yoki bosim oʻzgarsa, muvozanat buzil ad i, energiya, bosim, temperatura va hokazo gradiyentlari hosil boʻladi. Gazlar kinetik nazariyasida diffuziya hodisasi — molekulalarning massa tashishi, issiq oʻtkazuvchanlik — molekulalarning energiya tashishi, qovushoqlik — molekulalarning harakat miqdor tashishi deb qaraladi. Gazlar kinetik nazariyasida molekulalar S diametrli sharlar deb qaraladi, bu diametr erkin oʻtish yoʻli bilan quyidagicha bogʻlangan: /=1/7g62l0, bunda l0 — toʻqnashishlar soni. Gazlar kinetik nazariyasi kosmologiya, elementar zarralar fizikasi, plazma fizikasida keng tatbiq qilinadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |