Gazoturbovoz
Gazoturbovoz — gaz turbinali dvigatel, elektr generator va tortuvchi elektr dvigatel oʻrnatilgan lokomotiv. Gaz turbinali dvigatel tarkibidagi erkin porshenli gaz generatori gaz turbinasini zarur parametrli ish jismi bilan taʼminlaydi; u porshenlari erkin harakatlanadigan ichki yonuv dvigateli va porshenli kompressornom iborat. Koʻpchilik G.lar elektr uzatuvchi ochiq siklli, bir valli, gaz turbinali qurilmaga ega. Bundam gazoturbovozkuch qurilmasi turbina vali bilan reduktor orqali bogʻlangan gaz turbinasi, kompressor, oʻzgarmas tok generatori va tortuvchi elektr dvigatelidan iborat. Bulardan tashqari G.da uni yurgizib yuborish uchun moʻljallangan dizel qurilmasi ham boʻladi. Qurilmaning asosiy vazifasi — generatorning aylanish tezligini kompressor bilan yonish kamerasiga havo bera boshlashdagi aylanish tezligiga yetkazish. G.ning gaz turbinali qurilmasi ogʻir suyuq yoqilgʻida yoki gazda ishlaydi. Quvvati shunga moye teplovozlarga nisbatan G.ning yengilroq, ixcham, suvga ehtiyojsiz, oddiy. Kamchiligi — f.i.k. kam.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |