Geeta Bali
Geeta Bali (talaffuzi: Gita Bali; tugʻilgandagi ismi: Harkirtan Kaur; 1930-yil 30-noyabr — 1965-yil 21-yanvar) hind tilidagi filmlarda suratga tushgan hind aktrisasi edi.[1]
Geeta Bali | |
---|---|
Tavalludi |
Harikirtan Kaur 30-noyabr 1930-yil |
Vafoti |
(aged 35) Mumbay, Maharashtra, Hindiston |
Fuqaroligi | Hindiston, Britaniya Hindistoni va Hindiston ittifoqi |
Faoliyat yillari | 1950-1964 |
Turmush oʻrtogʻi |
Shammi Kapoor (turm. 1955) |
Bolalari | 2 nafar |
Yoshlik davri
tahrirGeeta Bali 1930-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyati, Amritsar shahrida Harikirtan Kaur ismi bilan tugʻilgan.[2] Uning katta opasi Xaridarshan Kaur, qizi esa aktrisa Yogeeta Bali edi.[3]
Faoliyati
tahrirGeeta Baali oʻzining kino faoliyatini 12 yoshida kichik aktrisasi sifatida „The Cobbler“ filmi bilan boshlagan. U Badnaamida (1946) qahramon sifatida debyut qilgan.[4] 1956-yilda Getta Bali Badnaami filmida qahramon sifatida, 1948-yilda Sohag Raat filmida Bharat Bhushan bilan birgalikda va 1849-yilda Neki Aur Badi filmida Madhubala bilan sheriklikda suratga tushgan. Bu ketma-ket chiqarilgan filmlar tomoshabinlar eʼtiborini tortgan.
Bali 1950-yillarda yulduzga aylandi. Bundan tashqari, u ilgari oʻzining boʻlajak qaynogʻi Raj Kapoor bilan Bawre Nain (1950) filmida va boʻlajak qaynotasi Prithviraj Kapoor bilan Anand Math filmida suratga tushgan. Kapoorlar oilasiga turmushga chiqqanidan keyin filmlardan voz kechgan boshqa aktrisalardan farqli oʻlaroq, Bali vafotigacha aktrisalik faoliyatini davom ettirdi. Uning soʻnggi filmi 1963-yilda Jab Se Tumhe Dekha Xay edi. Geeta 10 yillik faoliyati davomida 70 dan ortiq filmda suratga tushgan.
Bali Surinder Kapoorga prodyuser boʻlishiga yordam bergan.[5][6]
Shaxsiy hayoti
tahrir1955-yil 23-avgustda Gita Coffee House filmida birga ishlagan Shammi Kapoorga turmushga chiqdi.[7] Ularning ikki farzandi bor edi, oʻgʻlining ismi Aditya Raj Kapoor qizining ismi esa Yogeta Baali Kanchan.
Geeta 1965-yil 21-yanvarda 35 yoshida chechakdan vafot etdi.
Filmografiyasi
tahrirYil | Film | Izohlar |
---|---|---|
1942 | The Cobbler | 12 yoshda kichik aktrisa |
1946 | Badnaami | Bosh rol sifatida debyuti |
1948 | Sohag Raat | Bharat Bhushan bilan |
1949 | Neki Aur Badi | Madhubala bilan sheriklikda |
1949 | Dulari | Madhubala bilan sheriklikda |
1949 | Badi Bahen | Surayya, Rehman va Pran bilan sheriklikda |
1950 | Nishana | Madhubala bilan sheriklikda |
1950 | Chhai | Sunder ishtirokidagi panjob filmi |
1950 | Bawre Nain | Raj Kapoor bilan |
1951 | Baazi | Dev Anand bilan |
1951 | Ghayal | Sheikh Mukhtar bilan |
1951 | Albela | Bhagvan Dada bilan |
1952 | Jaal | Dev Anand bilan |
1952 | Raag Rang | Ashok Kumar bilan |
1952 | Anand math | Pradeep Kumar bilan |
1953 | Baaz | Guru Dutt bilan |
1953 | Jhamela | Bhagvan Dada bilan |
1954 | Kashti | Dev Anand bilan |
1955 | Jawab | Nosirxon bilan |
1955 | Vachan | Filmfare nominatsiyasi eng yaxshi aktrisa sifatida |
1955 | Kavi | Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa nominatsiyasi |
1955 | Bara Dari | Ajit bilan |
1957 | Coffee House | Shammi Kapur bilan |
1958 | Jailor | Sohrab Modi bilan |
1958 | Aji Bas Shukriya | Suresh bilan |
1961 | Mr. India | IS Johar bilan |
1963 | Jab Se Tumhe Dekha Xay | Oxirgi filmi |
1965 | Rano | Suratga olish toʻxtatilgan |
Manbalar
tahrir- ↑ Dinesh Raheja. „Geeta Bali: That Amazing Vivaciousness“. Rediff.com. Qaraldi: 9-may 2018-yil.
- ↑ Adrian Room. Dictionary of Pseudonyms: 13,000 Assumed Names and Their Origins. McFarland, 26-iyul 2010-yil — 44–-bet. ISBN 978-0-7864-4373-4. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
- ↑ Saran, Sathya. Ten Years with Guru Dutt: Abrar Alvi's Journey (en). Penguin Books India, 2008 — 7, 43-bet. ISBN 978-0-670-08221-6.
- ↑ Subodh Kapoor. The Indian Encyclopaedia: Gautami Ganga -Himmat Bahadur. Cosmo Publications, 2002 — 2575–-bet. ISBN 978-81-7755-266-9. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
- ↑ „Sonam Kapoor is a better actor than Anil“. Rediff.com (4-may 2009-yil). Qaraldi: 9-may 2018-yil.
- ↑ Pandya. „10 things you didn't know about Geeta Bali“. Cinestaan (21-yanvar 2017-yil). 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
- ↑ Ramesh Dawar. Bollywood Yesterday-Today-Tomorrow. Star Publications, 1-yanvar 2006-yil — 1–-bet. ISBN 978-1-905863-01-3. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.