Geksametilentetramin

(Geksamindan yoʻnaltirildi)

Geksametilentetramin (Hexamethylentetraminum), urotropin, geksamin, urizol, metenamin — antiseptik modda, ammiakni formaldegidning suvdagi eritmasiga taʼsir ettirib olinadi. Rangsiz yoki oq hidsiz kristall modda.

Mol. m. 140,19, zichligi 1270 kg/m3 (25°). Suvda eriydi; 14° dan past temperaturada barqaror monogidrat hosil qiladi. Efir, benzol va tetraxloretanda yomon eriydi. Chuchmal, bir ozdan keyin achchiq taʼmi seziladi. Kuchsiz kislotalar bilan beqaror tuzlar beradi; kuchli kislotalar taʼsirida NH3 va formaldegidga ajraladi; ishqor eritmalari taʼsiriga chidamli. Geksametilentetramin— kuchsiz nukleofil: benzil, allil va fenatsilgalogenidlar bilan monoalkil geksamin tuzlarini hosil qiladi. geksametilentetraminning sirka kislotadagi eritmasi kuchsiz oksidlovchi boʻlib, aminlarni aldegidlar yoki ketonlarga aylantirishda ishlatiladi. Ammoniy nitrat va sirka aldegid ishtirokida tutovchi HNO, ni nitrolashda geksametilentetramin portlovchi modda — geksogen hosil qiladi. Sanoatda geksametilentetramin vakuumda formaldegidga ammiak taʼsir ettirib olinadi. Geksametilentetramin dori preparat (urotropin, kalseks), antiseptik modda, fenolformaldegid smolalarni qotiruvchi, fungitsid, portlovchi moddalar i.ch.da boshlangich mahsulot sifatida ishlatiladi. U yoqilgʻi oʻrnida ("quruq spirt"), analitik kimyoda eritmalar tarkibidagi Fe(HI), AI(Ill), Cr(IH), Ti(IV) birikmalarini choʻktirishda ham qoʻllanadi. Ilk bor geksametilentetraminni A. M. Butlerov 1861 yilda NH3 va poliformaldegiddan sintez qilgan. Sistit, piyelit va siydik yoʻllarining boshqa yalligʻlanish kasalliklarida, baʼzi allergik kasalliklarda qoʻllanadi. Tabletka shaklida va 40% li eritmasi 5—10 ml dan ampulada chikariladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil