Gela Shekiladze (1970-yil 14-sentyabr) – gruziyalik futbol murabbiyi va sobiq futbol himoyachisi. Hozirda futbol boʻyicha Tojikiston terma jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlaydi[1].

Gela Shekiladze
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-sentyabr 1970-yil (1970-09-14) (54 yosh)
Tavallud joyi Batumi, Gruziya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tojikiston
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990–1998 Dinamo Batumi 239 (7)
1998–2002 Lierse 81 (2)
2002–2003 Roeselare 25 (0)
2003–2004 Arsenal Kyiv 13 (0)
2004CSKA Kyiv 1 (0)
Milliy terma jamoa
1997–2002 Gruziya 22 (0)
Boshqargan klublari
2007–2008 Georgia U21 (assistant coach)
2007–2008 Georgia U17
2008 Gruziya (yordamchi)
2008–2009 Georgia U19
2009–2010 Georgia U15
2010–2011 Georgia U16
2013–2017 Dinamo Batumi (director of sports)
2015–2016 Afgʻoniston (yordamchi)
2019–2020 Maldiv orollari (yordamchi)
2022–2024 Tojikiston (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

1997-yildan 2002-yilgacha Gela Shekiladze Gruziya terma jamoa tarkibida 22 marta maydonga tushgan. Uning klubdagi faoliyati Batumi Dinamosida sakkiz mavsumdan boshlandi, u yerda u asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisi edi. Batumining „Dinamo“ klubida oʻynagan davrining eng muvaffaqiyatli voqealari qatoriga 1998-yilda finalda „Dinamo Tbilisi“ jamoasini magʻlub etish natijasida Gruziya kubogini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili klub Gruziya Superkubogini ham qoʻlga kiritgan. 1998-yilning yozida Gela Shekiladze Belgiyaning K. Lierse SK klubiga oʻtdi. Yangi jamoasi bilan 1999-yilda Belgiya Superkubogini va 1999-yilda 44-Belgiya kubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik K. Lierse SK jamoasi Shekiladzeni 2000-yilda yilning eng yaxshi futbolchisi bilan taqdirladi. 2003–2004-yillarda u nafaqaga chiqishdan oldin Ukraina ligasida bir mavsum „Arsenal“ Kiev jamoasi tarkibida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Gruziya terma jamoasi

tahrir

2007-yildan Gela Shekiladze Gruziya milliy futbol jamoasining turli yosh guruhlariga murabbiylik qila boshlagan. 2007–2008-yillarda Gruziya U-21 terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan. Petar Šegrt birgalikda Gruziya U21, 2007-yilgi Yevropa U21 kubogi saralashida Rossiya U21 ustidan 2:00 hisobida gʻalaba qozonib, Gruziya terma jamoasining futbol tarixidagi ulkan yutuqlari biriga erishgan. 2008–2011-yillarda u mos ravishda Gruziya U-17, U-19, U-15 va U-16 terma jamoalarida bosh murabbiy boʻlgan. Keyingi 5 yil davomida u Dinamo Batumida sport direktori va yoshlar futbolini rivojlantirish boʻyicha menejer boʻlib ishladi. 2015-yilda Shekiladze UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Batumi Dinamo

tahrir

2013–2017-yillarda Gela Shekiladze Batumi „Dinamo“ klubida sport direktori va yoshlar futbolini rivojlantirish boʻyicha seleksioner murabbiy lavozimlarida ishlagan.

Afgʻoniston terma jamoasi

tahrir

2015–2016-yillarda Gela Shekiladze Petar Šegrtga Afgʻoniston milliy futbol jamoasiga murabbiylik qilishda yordam bergan. Ular birgalikda 8 ta rasmiy oʻyindan 6 tasida gʻalaba qozonishgan. Janubiy Osiyo Kubogida toʻrtta gʻalaba qozondi va Hindistonga qoʻshimcha vaqtda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Rossiya-2018 Jahon chempionati saralashida jamoa Yaponiyaga qarshi faqat bir marta magʻlub boʻlgan, qolgan ikkita oʻyinda gʻalaba qozongan. Shu yil Afgʻoniston uchun eng omadli yil boʻldi.

Maldiv orollari terma jamoasi

tahrir

2019–2020-yillarda Gela Shekiladze Maldiv orollari milliy futbol jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan.

Tojikiston terma jamoasi

tahrir

2022-yilda Petar Šegrt bilan birgalikda Tojikiston terma jamoasida ish boshladi va 2023-yilgi Osiyo kubogida Tojikiston terma jamoasi bilan chorak finalga qadar yetib borishdi va Tojikiston tarixida hali qayd etilmagan natijaga erishishgan. Musoboqadan soʻng Petar Šegrt Tojikiston terma jamoasi bilan shartnomasi yakunlaganini va uzytirmaslii maʼlum qilingan. Uning oʻrnini esa asosiy yordamchisi Gela Shekiladze egalladi va Tojikiston terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi[2][3].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir