Geliopayvandlash
Geliopayvandlash (gelio... va payvandlash) — koʻzgular yoki linzalar toʻplami yordamida payvandlash zonasiga jamlab (fokuslab) tushirilgan quyosh nurlari taʼsirida qizdirish va eritish yoʻli bilan metallarni biriktirish usuli. Bunda payvandlanishi kerak boʻlgan buyum quyosh nuri tushadigan darchali kamera ichiga joylashtiriladi. Jamlangan nurlar dastasi shu darcha orqali oʻtib, payvandlanishi zarur boʻlgan joyni qizdiradi. G. usulida qiyin eriydigan metallarni payvandlash mumkin. Bu usul quyosh radiatsiyasi yetarli boʻlgan joylarda qoʻllanadi (qarang Geliokurilma).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |