Gellert tepaligidagi gʻor (veng.: Gellérthegyi-barlang) — Vengriyaning Budapesht shahri Gellert tepaligidagi gʻorlar tarmogʻining bir qismi. Shuningdek, gʻor mahalliy aholi tomondan, u yerda yashagan va kasallarni davolash uchun gʻor yonidagi loyqa koʻlning tabiiy termal suvidan foydalangan zohidga nisbatan „Avliyo Ivan gʻori“ (Szent Iván-barlang) deb ham ataladi. Ehtimol, xuddi shu suv havzasi eski Saros fürdő („Loyli hammomlar“) havzalarini suv bilan taʼminlagan boʻlishi mumkin, hozirda bu hudud Gellért hammomlari deb nomlanadi[1][2].

Dunay qirgʻogʻidan koʻrinib turadigan, gʻorning asosiy kirish joyi
Qurbongoh

Gellert tepaligidagi tosh cherkovi Budapeshtdagi milliy ziyoratgoh boʻlib, uning qurilishi Weichinger Károly tomonidan 1931-yil bahorida Kálmán Luxning rejalari asosida ishlab chiqilgan. 1934-yilda cherkov tarkibiga Gellert tepaligining Dunay daryosiga qaragan tomonida neo-Romanesk monastiri qoʻshilgan. Vengriya paulistlarining faoliyati bekor qilinganidan keyingi 150 yil davomida cherkov va monastir eshiklari beton bilan qoplab, muhrlab qoʻyilgan.

Tosh cherkov Vengriyada tashkil etilgan yagona erkak monastir ordeni — Paulistlar uchun qurilgan. Cherkovning boshqa koʻplab nomlari ham mavjud. Jumladan: Gʻor cherkovi, Gellert gʻori, Gellert tepaligi gʻori, Gellert qoya cherkovi, Ivan gʻori, Lourdes gʻori, Lourdes cherkovi , Avliyo Ioann gʻori, Rok kapellasi kabi nomlar mahalliy aholi orasida ommalashgan.

Tarixi

tahrir

19-asrda gʻorning asosiy kirish qismida, quyoshda quritilgan gʻishtdan kichik uy qurgan kambagʻal oila yashagan. Gʻorning ogʻzi taxta bilan yopilgan va u dehqonlar hovlisi vazifasini oʻtagan. Bu holat Mihály Mayrning rasmida (1860-yillarda yaratilgan) va 1877-yilda György Klöszning fotosuratida tasvirlangan[3].

Gʻorlar uchun birinchi zamonaviy kirish qismi 1920-yillarda Fransiyaning Lourdes shahriga qilingan ziyorat paytida, shunga oʻxshash tosh konstruksiyalarni koʻrib, ulardan ilhomlangan bir guruh Paulin rohiblari tomonidan barpo etilgan. Budapesht Texnik Universiteti professori Kálmán Lux mazkur qurilishga mas’ul meʼmor boʻlgan[4]. 1926-yilda hudud muqaddaslashtirilganidan soʻng, u 1951-yilgacha ibodatxona (Sziklatemplom tarjimasi: gʻor cherkovi) va monastir sifatida faoliyat yurita boshlagan. Bu vaqt ichida u Ikkinchi Jahon urushida fashistlar Germaniyasi armiyasi uchun dala gospitali vazifasini ham oʻtagan.

1945-yilda Sovet Qizil Armiyasi Budapeshtni egallab olgan. Olti yil davomida gʻor oʻzining diniy marosimlarini oʻtkazishda davom etgan, ammo 1951-yilda Davlat qoʻriqlash boshqarmasi katolik cherkoviga qarshi harakatlarni kuchaytirish doirasida cherkovda bir nechta tekshiruv reydlarini oʻtkazgan. Bosqin natijasida gʻor yopilgan, monastir boshligʻi Ferenc Vezér oʻlimga hukm qilingan, uning qolgan birodarlari esa oʻn yildan ortiq muddatlik qamoq jazosiga hukm qilingan[ iqtibos kerak ].

Temir parda parchalanganidan soʻng, 1989-yil 27-avgustda ibodatxona kirish qismidagi gʻorni muhrlab turuvchi beton devorlar buzib tashlangan va ibodatxona qayta ochilgan. 1992-yilga kelib, cherkov qayta tiklangan va Paulin ordeni gʻorga qaytarilgan. Bugungi kunda rohiblar gʻor cherkovida diniy marosimlarni bajarishda davom etmoqdalar. Shu bilan birgalikda, gʻor umumiy sayyohlik maskaniga ham aylantirilgan. Cherkov qoyaga oʻyib ishlangan va ajoyib neogotik minoralarini bezab turuvchi sirli monastir bezaklari bilan ziynatlangan. Gʻor devorlari tabiiy toshlardan tashkil topgan. Cherkovda koʻplab xonalar mavjud boʻlib, unda barcha bezaklar Paulin ordenining sodiq izdoshi tomonidan qattiq yogʻochdan oʻyib ishlangan. Kirish eshigi oldidagi terastani oti yonida turgan Avliyo Stephen haykali gʻorni gʻurur bilan qoʻriqlash ramzi sifatida oʻrnatilgan. 

Tavsifi

tahrir

Qoya cherkovi ikki qismdan iborat: yuqori qismi qadimiy gʻor — Szent Ivan gʻori va pastki qismidagi Lourdes gʻori. Shuningdek, bu yerda qish va yozda harorat 21 ° C boʻladigan pastki, sunʼiy qoya boʻshligʻi tizimi ham mavjud.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Duckeck. „Gellért Hill Cave, also known as Saint Ivan's Cave“. Show Caves. 2008-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-aprel.
  2. „Gellért Hotel and Baths“. Hungary Starts Here. 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Jalsovszky, Tomsics. Budapest az ikerfőváros 1860-1890, 2003 — 23-bet. ISBN 9632088263. 
  4. „Budapest Attractions“. Lovely Budapest. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir

47°29′6.38″N 19°3′7.12″E / 47.4851056°N 19.0519778°E / 47.4851056; 19.0519778