Gemoglobinuriya (gemoglobin va yun. uron — siydik) — gemoglobinning siydik bilan chiqishi. Qon gemolizga uchraganda roʻy beradi. Kislotalar, baʼzi dorilar (mas, xinin, sulfanilamidlar, levomitsetin, gentamitsin va hokazo) dan zaharlanganda, kuyishda, organizmga mos kelmagan qon quyilganda, uzoq vaqt yurilganda, qattiq sovqotganda kuzatiladi. G.da siydik qizaradi, ammo tiniq boʻladi. Davo asosan G.ga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil