Korotko Gennadiy Feodosyevich (1928.14.12, hozirgi Qibray tumani) — biolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), biologiya fanlari doktori (1959), professor (1956). Toshkent qishloq xojaligi institutini tugatgan (1948).Toshkent tibbiot akademiyasi normal fiziologiya kafedrasi assistenti (1949—56), Andijon tibbiyot instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri (1956—82), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1970—74). Ilmiy ishlari, asosan, ovqat hazm qilish aʼzolari fiziologiyasiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir

http://www.famous-scientists.ru/2797/