Henry Ford
Henry Ford (30-iyul, 1863 – 7-aprel, 1947) — Ford Motor Company Amerika korxonasining asoschisi va ommaviy sanoatda qoʻllanadigan zamonaviy yigʻish chiziqlarining otasi. 1879-yildan Deytroytda mexanik shogirdi. 1893-yildan "Edison ilyumineyting kompani", 1899—1902-yillarda "Deytroyt avtomobil kompani" bosh muhandisi. 1892—93 yillarda oʻzining birinchi 4 taktli ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan (4 o.k.) avtomobilini yaratdi. 1903-yilda "Ford Motor" kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik bu kompaniya jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalardan biriga aylandi. Oʻz zavodlarida standartlashtirish va konveyerpotok usulini keng qoʻlladi, mehnatni intensivlash orqali yuqori mehnat unumdorligini taʼminlashga erishdi. Keyinchalik mehnatni tashkil etishning F. qoʻllagan tizimi va uning qarashlari tarixga fordizm nomi bilan kirdi. Mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi oʻz qarashlari va tajribalarini "Mening hayotim va ishim" (1922); "Bugun va erta" (1926); "Olgʻa harakat" (1930) kitoblarida bayon etgan. Asarlari 20-yillarda rus tiliga tarjima qilingan.
Henry Ford | |
---|---|
Tavalludi |
30-iyul 1863-yil |
Vafoti |
7-aprel 1947-yil (83 yoshda) Dearborn, Michigan (shtat), AQSh |
Fuqaroligi | AQSh[1][2] |
Bolalari | Edsel Ford |
Ota-onasi | William Ford va Mary Ford |
Adabiyot
tahrir- Lavrov N. S, Genri Ford i yego proizvodstvo, L., 1925.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
tahrir- Avtomobil tarixi onlayn — Henry Ford tarixi va suratlar (ingl.)
- Henry Ford haqida maqola (Wayback Machine saytida 2008-03-11 sanasida arxivlangan) (rus.)
- Henry Ford. Xalqaro jugutchilik (rus.)