Geo... (yunoncha: ge — Yer) — qushma suz tarkibiy qismi boʻlib. Yerga aloqadorlik maʼnosini ifodalaydi (mas, geologiya, geodeziya, geografiya va b.)GEOAKUSTIKA(geo... va akustika), yer akustikasi — akustikaning yer qobigʻi tuzilishi va xossalarini oʻrganish maqsadida elastik toʻlqinlarning yer qobigʻida tarqalishini oʻrganadigan boʻlimi. Yer ostida sodir boʻladigan portlash, infratovush va ultratovush hodisalarini oʻrganadi; zilzilani oldindan aytib berish, yer yuqori qatlamlarining tuzilishi va xususiyatlarini aniqlash uchun elastik toʻlqinlar bilan bogʻliq hodisalarni oʻrganish (seysmik razvedka, seysmik zondlash, seysmik modellash va ultratovush exolokatsiyasi) masalalari bilan shugʻullanadi. Seysmik razvedka usuli tovush toʻlqinlarining sinish va qaytish xususiyatlariga asoslangan holda yer poʻstlogʻida foydali qazilma qatlamlarining joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun qoʻllanadi, toʻgʻon, gidrostansiya, koʻprik va b. inshootlar quriladigan joyning qattiqligi va tarkibi haqida zarur maʼlumotlar beradi. Yer qimirlashini oldindan aytib berish uchun seysmik modellashda ultratovushdan foydalaniladi. Shu maqsadda ultratovush seysmoskopi yasalgan; u seysmik masalalarni va ayrim seysmik razvedka masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Mas, Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida, Seysmologiya institutida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarida G. metodlaridan keng foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil