Geometrik akustika - akustikaning tovush nurlari haqidagi tasavvurlar asosida tovush tarqalishini oʻrganadigan boʻlimi. Asosan tovush nuri trayektoriyasi va toʻlqin sirti siljishini aniqlash bilan shugʻullanadi. Nurlarning eng oddiy koʻrinishi, yaʼni toʻgʻri chiziklar bir jinsli muhitlarda kuzatiladi. G. a. qonunlari geometrik optika (mas, yorugʻlikning qaytish va sinish) qonunlari kabidir. G. a. usullari akustikaning barcha boʻlimlari (molekulyar akustika, tovush akustikasi, gidroakustika, meʼmorlik akustikasi va hokazo) masalalarini hal qilishga tatbiq etiladi. G. a. qonunlari asosida tovushni bir jinsli boʻlmagan muhitlar (dengiz, atmosfera)da tarqalishining taqribiy nazariyasini yaratish mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil