Geometrik uslub (sanʼatda) — yunon sanʼati taraqqiyotining ilk bosqichlari (mil. av. 9—8-asrlar)dagi badiiy uslub. Ayniqsa vaza rassomligi, qisman mayda shakllar haykaltaroshligi, gliptika va amaliy bezak sanʼati (idishlar, qurollar va b.)da yuksak darajaga koʻtarilgan. Naqshlar (aylana, burma, xoch, uchburchak va b.) aniq va qatiy, uslubning rivojlangan davrida (Dipilion vazalari, mil. av. 8-asr) odam qiyofasi sodda, sof geometrik shakllarda tasvirlangan. Zargarlik buyumlaridagi kichik boʻrtma tasvirlar va haykalchalar ham shu uslubda tayyorlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil