George Charles Ballas Sr. (1925-yil 28-iyun, Ruston – 2011-yil 25-iyun, Hyuston) amerikalik tadbirkor va ixtirochi boʻlgan. U 1971-yilda Weed Eater deb nomlanuvchi birinchi oʻt oʻruvchi moslamani ixtiro qilgan[1]. U ballerina Corky Ballasning otasi va professional raqqos Mark Ballasning bobosi hisoblanadi[2].

George Ballas
George Charles Ballas
Tavalludi

1925-yil 28-iyun
Ruston, Lousiana,

AQSh
Vafoti

2011-yil 25-iyun (85-yosh)
Hyuston, Texas,

AQSh
Fuqaroligi amerikalik
Kasbi

tadbirkor,

ixtirochi
Mashhur ishlari Weed Eater deb nomlanuvchi moslama ixtirochisi
Turmush oʻrtogʻi Maria Marulanda (1951-yil turmush qurishgan)

Hayoti

tahrir

Ballas Luiziana shtatining Ruston shahrida tugʻilgan. U Karolos („Charles“) Ballas va Marianing (née Lymnaos) oʻgʻli boʻlgan, ular yunon muhojirlari boʻlib, restoranda ishlagan[3]. Uning Piter Ballas degan akasi ham boʻlgan.

U 1942-yil 17 yoshida yaʼni Ikkinchi jahon urushi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi safiga qoʻshilgan va bombardimonchi boʻlgan[1]. Ballas keyinchalik Ikkinchi Jahon urushi va Koreya urushida ham qatnashgan.

Oilasi

tahrir

U 1951-yilda kelib chiqishi ispaniyalik Mariya Marulandaga uylangan.

Uning besh farzandi boʻlib, ballerina Corky Ballas ham uning farzandi hisoblanadi.

Uning nabirasi Mark Ballas „Dancing with the Stars“ shousidagi mashhur chiqishlari bilan tanilgan. Uning yana oltita nevarasi bor.

Kashfiyoti

tahrir

Ballas avtomatlashtirilgan mashina yuvish shoxobchasidagi aylanayotgan choʻtkalarni koʻrgan paytida unga Weed Eater ning gʻoyasi kelgan. Oʻz gʻoyasini sinab koʻrgan va bu ish bergan. Baʼzi takomillashtirish ishlaridan soʻng, u ixtirosini bir nechta kompaniylarga sotgan va keyinchalik ularning barchasi bu ixtironi qoʻllab quvvatlashgan. Birinchi yilgi umumiy savdo hajmiga koʻra sotuvlar yarim million dollardan oshgan. 1977-yilga kelib savdo hajmi 80 million dollarni tashkil etgan va Ballas keyingi yili oʻzining kompaniyasini Emerson Electric ga sotgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „George Ballas#cite_note-nytimes-1“.
  2. „George Ballas#cite_note-2“.
  3. „George Ballas#cite_note-3“.
  4. „George Ballas#cite_note-4“.