George Raymond Richard Martin (1948-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik fantastik mavzudagi kitoblar yozuvchisi, ssenariychi, produser va muharrir, koʻplab adabiy mukofotlar gʻolibi. 1970-1980-yillarda u fantastika, dahshat va xayoliy adabiyot janridagi hikoyalar va romanlari bilan mashhur boʻlgan. 1996-yilda yozilgan „Muz va olov qoʻshigʻi“ xayoliy sikli va shu romanga asoslangan romanlar turkumi Martinga butun dunyoda katta shuhrat olib keldi. Keyinchalik HBO tomonidan ushbu romanlar turkumiga asoslanib televizion serial koʻrinishida suratga olingan „Taxtlar oʻyini“ katta muvaffaqqiyat qozondi. „Taxtlar oʻyini“ Martinga va barcha film ijodkorlariga olamshumul mashhurlik olib keldi. George Martinning ushbu kitoblari adabiyotshunoslarga Martinni „Amerikalik Tolkien“ deb atashga sabab boʻldi. 2011-yilda Time jurnali Martinni dunyodagi eng nufuzli odamlar roʻyxatiga kiritdi[1][2].

George R. R. Martin
Tavalludi
George Raymond Richard Martin

20-sentyabr 1948
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Yozuvchisi, ssenariynavis, produser va muharrir
Veb-sayti georgerrmartin.com
Imzosi

Manbalar

tahrir
  1. Hodgman, John (April 21, 2011). „The 2011 TIME 100: George R.R. Martin“. TIME. ISSN 2169-1665.
  2. „The 2011 TIME 100: Full“. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir