George Whipple (Jorj Uipl) (1878.28.8 — 1976.1.2) — amerikalik vrach-patolog. Yale universiteti (1900) va J. Xopkins universitetini tugatgan (1905). 1914-yildan Kaliforniya universitetida professor Rochester universiteti patologiya professor (1921 — 55). Ilmiy faoliyati anemiya, pigmentlar almashinuvi, jigar va meʼda osti bezi yalligʻlanishlari, sil va parazitar kasalliklarga oid. Gemopoezda jigarning ahamiyatini va pernitsioz anemiyada jigar preparatlarini qoʻllash usulini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1934; J. R. Maynot va U. Myorfi bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil