George de Hevesy
XEVESHI (lotincha Hevesy) Dyerd (Georg) (1885.1.8, Budapesht — 1966.5.7, Freyberg, GFR) — vengriyalik fizik-kimyogar, radiokimyogar. Vengriya Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1945-yildan) Syurix va Manchester universitetlarida (1911— 13), Venadagi radiy institutida (1913), Budapesht universitetida (1913—20) ishlagan (1918-yildan professor). Kopengagen (1920—26 va 1934—43), Freyburg (1926 — 34) va Stokgolm (1943-yildan) universitetlari professor Ilmiy tadqiqotlari radiokimyoga oid. Izotop indikatorlar usulini taklif qilgan. Ilk bor biologiyada radioaktiv indikator (radiy D) qoʻllab oʻsimliklarda qoʻrgʻoshinning taqsimlanishini oʻrgangan. D. Koster bilan birga gafniy kimyoviy elementini kashf etgan (1922). Ogʻir suvdan foydalanib tirik organizmlarda suv muvozanatini aniqlash mumkinligini kashf etgan (1941) Nobel mukofoti laureati (1943)[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |