GEORGIY PAVLOVICH SARKISYANS

Professor, yuridik fanlar doktori Georgiy Pavlovich Sarkisyans

1925-yilda 4-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati-arman.

Georgiy Pavlovich Sarkisyans 1933-1943-yillarda o‘rta maktabni Toshkent shahrida o‘qigan. Maktab davrining so‘nggi yillarida ikkinchi jahon urushi boshlanganligi sababli, bir paytda ham o‘qib, ham 84-sonli aviatsiya zavodida ish boshlagan, kechki paytda esa 54-sonli harbiy qismning qurilish-montaj ishlarida ishlagan.

1943-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetiga o‘qishga kirib, 1947-yillarda mazkur fakultetni a’lo baholarda tamomlagan.

1947-yildan 1951-yilgacha Toshkent shahar prokuraturasida mas’ul lavozimlarda, Kuybishev tumanida tergovchi, prokuror katta yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan. Lekin ilm sohasiga bo‘lgan qiziqish

Ustoz–Georgiy Pavlovich Sarkisyansda pedagogik faoliyatga qiziqishni uyg‘ota boshlaydi.

Natijada 1951-yilda Moskva davlat universitetining yuridik fakultetining aspirantura bosqichida ta’lim olib, 1953-yilda yuridik fanlar nomzodi darajasini olish uchun “Jinoyat protsessida dastlabki tergovning prinsiplari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.

Muvaffaqiyatli himoyadan so‘ng, o‘zi tahsil olgan ta’lim dargohi bo‘lmish Toshkent davlat universitetiga qaytib, o‘qituvchi lavozimida qisqa fursat ishlaydi. Bilimli, g‘ayratli va shijoatli bo‘lgan Georgiy Pavlovich Sarkisyans Respublikada faoliyat olib boradigan rahbarlarning nazariga tushib, shu yilning o‘zidayoq rahbarlik lavozimlariga tayinlana boshlaydi.

Jumladan, 1953-yildan 1959-yilgacha O‘z SSR Adliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlaydi.

Adliya vazirligidagi turli mas’ul lavozimlarda ishlagan bo‘lsada, baribir pedagogik faoliyatdan uzoqlashmadi. 1957-1959-yillarda Toshkent

moliya-iqtisodiyot institutida o‘rindoshlik asosida ham o‘qituvchi bo‘lib ishlab keldi.

1959-1961-yillarda O‘z SSR Ministrlar Sovetida ham turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanishni davom ettirdi, ya’ni 1959-1960-yllardan  O‘z SSR Oliy partiya maktabida katta o‘qituvchi bo‘lib ham ishlab kelgan.

1961-1970-yillarda Toshkent davlat universitetida, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida katta ilmiy xodim, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida kafedra professori v.b. lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1967-yilda Moskvada “Jinoyat protsessida advokat ishtiroki” nomli yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Oradan 3 yil o‘tib, 1970-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

1970-1991-yilgacha Toshkent davlat universiteti Yuridik fakultetida Jinoyat protsessi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keldi.

1991-yildan Yuridik fakultet negizidan mustaqil alohida ta’lim muassasi Toshkent davlat yuridik instituti tashkil etiladi. 1991-1995-yillarda aynan Jinoyat protsessi kafedrasi mudiri lavozimida ish faoliyatini davom ettiradi.

25 yil davomida aynan Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasiga rahbarlik qilib kelgan.

Mustaqillik yillarida Georgiy Pavlovich Sarkisyans O‘zR IIV

Oliy maktabida ham kafedra professori lavozimida tashqi o‘rindoshlik asosida ham ishlagan.

Georgiy Pavlovich Sarkisyans xizmat safarlari bilan Vengriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Fillippin, Malayziya, Gretsiya, Yugoslaviya, Bolgariya, Vyetnam, Singapur, Malta, Tunis, Monako kabi davlatlarda bo‘lib, mazkur xorijiy davlatlarning qonunchiligi, yuridik fa’n va ta’limning amaliy-nazariy jihatlari qiyosiy-huquqiy o‘rganilgan, aynan qiyosiy-huquqiy bilishning nazariy jihatdan metodologiyalarini ishlab chiqqan olimlardan biri Georgiy Pavlovich Sarkisyans hisoblanadi.

Georgiy Pavlovich Sarkisyans bir qancha mukofotlar va sovrinlar sohibi bo‘lgan jumladan, 1989-yilda O‘z SSRda “Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” medali bilan taqdirlangan.

Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 300ga yaqin ilmiy asarlar yozgan (darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, risola hamda ilmiy maqolalar shular jumlasidan hisoblanadi).

Georgiy Pavlovich Sarkisyans ilmiy rahbarligida 30dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari, 10ga yaqin doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Georgiy Pavlovich Sarkisyans 1959-yilda qabul qilingan O‘z SSR Jinoyat-protsessual kodeksi va 1994-yilda Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining loyihasida ishchi guruh tarkibida bevosita ishtirok etgan.

Ta’kidlash kerakki, “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunlarni qabul qilinishida ham aynan ustozning o‘rni beqiyos bo‘lganligini unutmasligimiz lozim.

Ustoz-olim Georgiy Pavlovich Sarkisyans 1999-yilda vafot etgan, lekin ustozning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.

Toshkent davlat yuridik universiteti,

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o`qituvchisi,

yu.f.f.d. (PhD)

Uralov Sarbon Sardorovich

Manbalar

tahrir