Georgiy Sviridov
Georgiy Vasilyevich Sviridov [1915.3(16)12, hozirgi Kursk viloyati Fatej shahri. — 1998, Moskva] — rus kompozitori va jamoat arbobi. Xalq artisti (1970). Mehnat Qahramoni (1975). 20-asr musiqa sanʼatining yirik namoyandasi. Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1941). Rossiya kompozitorlar uyushmasi boshkaruvi raisi (1968—73). Ijodiy uslubi rus musika folklori, shuningdek, 20-asr musiqa anʼanalari bilan uzviy bogʻlangan; asarlari mazmundorligi, ravshan va sodda ifodasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, vokal va vokalsimfonik janrlarga keng murojaat qilgan: "Yesenin xotirasiga" vokalsimfonik poemasi, "Patetik oratoriya", "Kursk qoʻshiqpari", "Bahor kantatasi", "Pushkin gulgchambari", romans turkumlari va boshqa Simfonik, kamercholgʻu asarlar, spektakl va kinofilmlar uchun musiqalar yozgan. Davlat mukofoti (1946, 1968, 1980), Rossiya davlat mukofoti laureati (1994).[2]
Georgiy Sviridov | |
---|---|
Tavalludi | 16-dekabr 1915 |
Vafoti | 6-yanvar 1998[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Rossiya SFSR, SSSR va Rossiya |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |