Georgiy Aleksandrovich Vizel (1912.29.8, hozirgi Qozogʻistonning Balxash shahri) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Moskva badiiy institutini tugatgan (1934). 1935-yildan Toshkentda rus opera va balet teatrida ishlagan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dare bergan (1965—80). Muqimiy teatrida (1948—85), Yosh tomoshabinlar teatrida (1985—91) bosh rassom. V. "Yevgeniy Onegin", "Alpomish", "Muqimiy", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Qirq qiz", "Oʻgʻirlangan umr" kabi spektakllarga dekoratsiya eskizlari ishlagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil