Geotermik oʻlchashlar — parmalangan quduqlarda geotermik gradiyentni aniqlashda hamda qator razvedkaqidirish va texnik masalalarni yechishda qoʻllanadigan usullar. Geotermik oʻlchashlarda asosan quduqqa tushiriladigan qarshilikli elektr termometr ishlatiladi. Bu asbobning ishiga mis elektr qarshiligining temperaturaga nisbatan mutanosib oʻzgarishi asos qilib olingan. Burgʻilash suyuqligi va togʻ jinslarining har xil temperaturaga ega boʻlgani uchun issiqlik holati muvozanatga kelgandan soʻng, yaʼni burgʻilash tamom boʻlgandan bir necha kun oʻtgandan soʻng geotermik gradiyent oʻlchanadi. Issiqlik diagrammalarida chuqurlik oshishi bilan temperaturaning umumiy oʻsishi va gaz, neft, koʻmir, sulfid maʼdanlari bilan bogʻliq ayrim anomaliyalar namoyon boʻladi. Olingan maʼlumotlar karotaj natijalarini tahdil qilishda qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil