Geovany Tcherno Quenda (2007-yil 30-aprelda tugʻilgan) – portugaliyalik professional futbolchi, Primeira Liga klubi Sporting CP va Portugaliya terma jamoasida oʻng qanot hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Geovany Quenda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Geovany Tcherno Quenda
Tavallud sanasi 30-aprel 2007-yil (2007-04-30) (17 yosh)
Tavallud joyi Bissau, Gvineya-Bisau.
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi oʻng qanot vingeri,
oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sporting CP
Raqami 57
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2016—2017 Damaiense
2017—2019 Benfica
2019—2023 Sporting CP
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023—2024 Sporting CP B 9 (2)
2024— Sporting CP 22 (1)
Milliy terma jamoa
2023—2024 Portugaliya U17 18 (6)
2024— Portugaliya U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 15-fevral uchun)

Sporting CP“ yoshlar tizimi orqali katta futbolga kelgan Quenda, 2024-yilda asosiy jamoada oʻynash darajasiga koʻtarilgan. Mavsum davomida keyinchalik muvaffaqiyatli oʻyinlari sababli jamoasining ajralmas oʻyinchilaridan biriga aylandi. Quenda Gvineya-Bisauda tugʻilgan, Portugaliyaning yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻynagan. 2024-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Portugaliya yoshlari jamoasi bilan birgalikda ikkinchi oʻrinni egallagan va 17 yoshgacha boʻlgan turnirning ramziy terma jamoaga kiritilgan.

Yutuqlari

tahrir

Portugaliya U17

17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sovrindori: 2024[1]

Shaxsiy sovrinlari

17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2024[2]

Manbalar

tahrir
  1. „UEFA Under-17 EURO final report: Italy 3-0 Portugal“. UEFA.com (2024-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  2. „2024 UEFA European Under-17 Championship Team of the Tournament“. UEFA.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.

Havolalar

tahrir