Geptod
Geptod (yun. hepta — yetti va elektrod), pentagrid — yetti elektrodli, yaʼni katod, anod va beshta toʻrli elektron lampa. Toʻrlaridan ikkitasi boshqaruvchi, ikkitasi ekranlovchi va bittasi himoyalovchi hisoblanadi. G. triod-geptod lampasi tarkibiga kiradi. G. supergeterodin radiopriyomniklarda yuqori chastota elektr tebranishlarni oʻzgartirish va siljitish uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |