Gerakl

yunon afsonalaridagi qahramon

Gerakl (lotincha Hercules, sharq adabiyotlarida Xirakl) — yunon afsonalaridagi qahramon, Zevs bilan oddiy ayol Alkmenaning oʻgʻli. Afsonalarga koʻra, beqiyos kuchga ega boʻlgan. U mislsiz 12 jasorat koʻrsatgan. Gerakl nemey sherini va koʻp boshli lerney ajdahosini oʻldirgan, erimanf toʻngʻizini tirik tutgan, stimfol jodu qushlarini qirib tashlagan, amazonkalar malikasi Ippolitaning kamarini olgan, podshoh Diomedni yengib, yiqitgan va b. mardliklar koʻrsatgan. Shuningdek, Anteyni yenggan, Prometeyni ozod qilgan. Xotini Deyanira uni bilmay zaharlagan. Zevs uni oʻlmaydigan qilgan. Yunonistonning koʻpgina joylarida, keyinchalik Italiyada Geraklga eʼtiqod qilingan. Gerakl haqidagi afsonalarda insonning tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi kurashi aks etgan. Gerakl Gerkules nomi bilan ham mashhur.

Gerakl

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil