Gerbert mayatnigi
Gerbert mayatnigi - metallarning qattiqligini aniqlaydigan asbob. 1923-yilda ingliz konstruktori Gerbert yasagan (nomi shundan). Ishi tayanch nuqtasi sinaladigan namuna sirtiga oʻrnatilgan maxsus yoysimon mayatnikning har 10 marta tebranish davrini yoki birinchi erkin tebranish burchagini oʻlchashga asoslangan. Mayatnikning ogʻirligi 2—4 kg, tayanch nuqtasi uchiga diametri 1 mm li sharcha oʻrnatiladi. Sinaladigan metall qancha qattiq boʻlsa, mayatnikning tebranish davri (yoki burchagi) shuncha katta boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |