DOMAGK (Domagk) Gerhard (1895.30.10, Lagov, Brandenburg — 1964.24.4, Kyonigsfeld, Shvarsvald) — nemis patologi va mikrobiologi. Bakteriyalar qoʻzgʻatadigan kasalliklarni kimyoviy preparatlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan. Soʻzakni davolash uchun birinchi samarali dori — dolmigon (dimetilaminosulfo-akridin) ishlab chiqqan (1934), sil va oʻsmalarni kimyoviy usulda davolash uchun yangi preparatlar topgan. Sulfanilamid preparatlarning bakteriyalarga qarshi taʼsir koʻrsatishini asoslab bergan va davolash amaliyotida joriy etgan. Nobel mukofoti laureati (1939)[1].

Gerhard Domagk

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil