Germanidlar
Germanidlar — germaniynint metallar bilan hosil qilgan birikmalari. G. yaltiroqligi metallarga xos, moʻrt, qattiq moddalar. Ikkilamchi (mas, FeGe, Cu3Ge) va uchlamchi (mas, MnAlGe) G. mavjud. Koʻpchiligining suyuqlanish temperaturasi yuqori. Masalan, Zr5Ge3 ning suyuqlanish temperaturasi 2330°, HfGe3 niki 2200", Th3Ge2 niki 2000°. G. aksariyatining elektr oʻtkazuvchanligi metallarga oʻxshash, oʻta oʻtkazuvchanlik holatiga oʻtish temperaturalari yuqori. Masalan, V3Ge uchun u 6,0°K va Nb3Ge uchun esa 6,9°K. G. orasida yarimoʻtkazgichlar (mas, Mg2Ge), ferromagnetiklar (mas, Mp5Se) ham bor. Ishqrriy va ishqoriy yer metallarining G.i havoda oksidlanadi, suvda gidrolizlanadi, kislotalar taʼsirida ajraladi. G. tegishli elementlarni qizdirish yoki eritish, shuningdek eritmalarni elektroliz qilish, oksidlarni qaytarish va b. usullar bilan olinadi. Baʼzi G. yarimoʻtkazgich va magnit materiallar, yadro texnikasi va termoelementlar uchun xom ashyo, qotishmalarning mustahkamligini oshiruvchi moddalardir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |