Germetiklar
Germetiklar —polimerlar yoki oligomerlar asosida hosil qilinadigan germetizatsiyalovchi tarkiblar. Boltli, parchin mixli va b. birikmalarning tirqishlari va choklarini zich berkitish maqsadida surkaladigan pastasimon yopishqoq moddalar. G. yuqori darajada elastik, mustahkam, issiq va sovuqqa, namga, ionlashtiruvchi nurga chidamli, baʼzi hollarda izolyatsion xossalarga ega boʻlishi kerak. G. olishda kauchuklar (asosan polisulfid yoki kremniyorganik suyuq kauchuklar, butadiyen, uretan, butadiyennitril kauchuklar, ftorkauchuklar, butilkauchuk, poliizobutilen) va sintetik smolalar, mas, fenolformaldegid, epoksid smolalar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Aviasozlik, kemasozlik, kimyo va radioelektronika sanoati, qurilishlarda qoʻllanadi. Tish protezlash texnikasi va kriminalistikada ham ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |