Gerodot
Galikarnasslik Gerodot — (qadimgi yunoncha: Ἡρόδοτος Ἁλικαρνᾱσσεύς, taxminan mil. avv. 484—425 yillar.) — qadimgi yunon tarixchisi, yunon-fors urushlari va oʻz davrining koʻplab xalqlarini urf-odatlarini taʼriflagan, birinchi toʻliq tarixiy traktat — „Tarix“ning muallifi. Gerodotning asarlari antik madaniyat uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan. Sitseron uni, hayotligidayoq „tarix otasi“ deb ataydi.
Gerodot | |
---|---|
Ἡρόδοτος Ἁλικαρνᾱσσεύς | |
Tavalludi |
taxminan mil. avv. 484 y. |
Vafoti |
taxminan mil. avv. 425 y. Faros |
Fuqaroligi | Halicarnassus |
Gerodot (yun. Herodotos) (mil. av. 490 va 480 yil orasi, Kichik Osiyoning janubi-gʻarbidagi Galikarnas —mil. av. taxminan 425, Afina yoxud Furiya, Janubiy Italiya) —"tarix otasi" deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat oʻrnatilgach, vatanini tark etishga majbur boʻlgan. Bir necha vaqt Samos o.da yashagan. Mil. av. taxminan 455—447 yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari. Qora dengiz sohillari boʻylab (Olviya sh.gacha) sayohat qilib, skiflar haqida maʼlumot toʻplagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; G.ning Afina demokratiyasining yoʻlboshchisi Periklta yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli taʼsir qilgan. G. taxminan 443 yil Afinadan Furiyaga koʻchib oʻtgan.
G.ning asari shartli ravishda "Tarix" deb nom olgan boʻlib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi —yunonfors urushlari (mil. av. 500—449 yillar)ga bagʻishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar G. asarini muzalar soniga karab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi bilan atalgan. G. "Tarix"ining asosiy gʻoyasini yunon dunyosining sharqdunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. G. Lidiya, Midiya. Axomaniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining oʻtmishi, dini, oʻziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, tarixiy voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida G. oʻzining asosiy maqsadi —yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Antik adabiyotda birinchi boʻlib skiflarning hayoti va turmush tarzlari G. asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan G. Oʻrta Osiyoda yashagan massagetlar haqida batafsil maʼlumotlar keltirib, massagetlar malikasi Toʻmarisning axomaniylar podshosi Kir II bilan boʻlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon qilgan.
Manbalar
tahrir- Rus. per. — Istoriya v devyati knigax, L., 1972.
Faxriddin Hasanov.[1]
Gerodot oʻz kitobini yozish uchun maʼlum vaqt Samos orolida yashagan. Bu asar 9 ta kitobdan iborat boʻlib, unda Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa mamlakatlar haqida qimmatli maʼlumotlarni jamlangan. Gerodot „Yunon-Fors“ urushi haqida ham maʼlumotlarni toʻplagan. Buyuk tarixchi oʻzing asarini ilk bora Olimpiada o'yinlari paytida oʻqib eshittiradi. U miloddan avvalgi 455—477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qiladi.
Buyuk yunon tarixchisi Gerodot mil. avv. 425-yilda vafot etgan.
Manbalar
tahrir